Italiyada Messini yil ramziy terma jamoasiga kiritishmadi

Tolibjon Qosimov
25 dek 2013
Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri jurnalistalari 2013 yil uchun ramziy terma jamoa tuzib chiqishdi.

Ushbu nashr e'lon qilgan yil ramziy terma jamoasi quyidagicha ko'rinish olgan:

Darvozabon: Manuel Noyer ("Bavariya")

Himoyachilar: Filipp Lam, David Alaba (har ikkisi  – "Bavariya"), Neven Subotich ("Borussiya" D), Tiagu Silva ("PSJ")

Yarim himoyachilar: Bastian Shvaynshtayger ("Bavariya"), Ilkay Gyundogan ("Borussiya" D), Eden Azar ("Chelsi");

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu ("Real"), Robert Levandovski ("Borussiya" D), Frank Riberi ("Bavariya").

E'tiborli jihati ushbu ramziy terma jamoadan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'rin olmagan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru