Ivica Olich: "Stok Siti"ning taklifi menga maqul keldi"
Tolibjon Qosimov
15 fev 2014
"Volfsburg" hujumchisi Ivica Olich "Stok Siti" unga shartnoma taklif qilganini ma'lum qildi.
"Hozircha aniq bir gap ayta olmayman. Muzokaralar muvaffaqiyatli o'tdi deyish mumkin xolos. Menga "Stok Siti"ning taklifi maqul keldi. Yaqin vaqt ichida barchasi oydinlashadi", - deya Olich so'zlaridan "Bild" iqtibos keltirmoqda.