Ixtiyor Karimov "Bunyodkor"ga qarshi o'yindagi g'alaba sababini aytdi

Narzulla Saydullayev
12 may 2017
"Sho'rtan" bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor, barcha muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun biz uchun juda og'ir o'yin bo'ldi. Ko'rgan bo'lsangiz, "Bunyodkor" bugun o'yin tizginini to'liq o'z qo'lida ushlab turdi. Yagona gol va himoyadagi bexato o'yinimiz bizga g'alaba olib keldi.

Taran va Boymatov? Nasib qilsa Igor yaqin orada safimizga qo'shiladi. Eldor Boymatovning tiklanishi uchun esa yana bir hafta vaqt kerak bo'ladi", - deydi Ixtiyor Karimov.


Fahriddin Choriev



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia