Jahon chempionatida qatnashgan, "Paxtakor" bilan sovrinlarni yutgan Ildar Magdeev hozir qayerda?

Iskandarov Abdulaziz
14 fev 2024
Bugundan Championat.asia saytida sobiq futbolchilar, murabbiylarning hozirgi kundagi faoliyati, qayerda ishlayotgani haqida ma'lumot berib boramiz.

Ko'pchilikning taklifiga binoan ilk qahramonimiz Ildar Magdeev haqida ma'lumot beramiz. 

2002 yildan 2012 yilgacha O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 23ta o'yinda maydonga tushgan Ildar Magdeevni tanishtirib o'tirishga hojat bo'lmasa kerak. 2001-2014 yillar davomida "Buxoro", "Paxtakor", "Lokomotiv", "Dinamo", "Oq-tepa" va Xitoyning "Cindao Jonun" klublarida to'p tepdi. Superligada "Dinamo", faoliyatida esa "Oq-tepa" so'nggi jamoasi bo'ldi.

 


2002 yil Ozarbayjonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan sobiq to'p tepar terma jamoadagi oxirgi o'yinini 2012 yil mehmonda Yaponiyaga qarshi o'tkazgan.  Magdeev bugungi kunda "Chig'atoy"da bosh murabbiy Dmitriy Kimga yordam bermoqda. Ravshan Haydarovdan oldin qisqa vaqt O'zbekiston U-18 terma jamoasida ham faoliyat olib bordi.

 


Keyingi xabarlarimizda qaysi futbolchi haqida ma'lumot olishni istaysiz?


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia