Jamoliddin Rahmatullaev: "Butun e'tiborimizni Mali bilan o'yinga qaratganmiz"

Sherzod Nurmatov
7 noya 2023
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev U-17 Jahon chempionati oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tayyorgarlik jarayoni avjida. Hamma buni his etib turibdi. Bu ergacha uzoq yo'lni bosib keldik. Bilamizki, birinchi o'yin juda muhim, shu sababli butun e'tiborimizni shu o'yinga qaratganmiz.

Jahon chempionati – eng katta darajali musobaqa. Bu erga dunyoning eng kuchli termalari tashrif buyuradi. Musobaqada yurtimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarish va nimalarga qodirligimizni ko'rsatish. 

Bugungi kunda Osiyo futboli ham rivojlanib bormoqda. Mezbon Indoneziya o'z maydonida barchaga syurpriz tayyorlab qo'ygan bo'lsa kerak. Qolgan to'rtta jamoa ham o'zining o'yin uslubiga ega va ular ham astoydil qarshilik ko'rsatishadi.

Musobaqani ko'tarinki kayfiyatda boshlash uchun ilk bahsda ijobiy natija ko'rsatish muhim. Raqib haqida etarlicha ma'lumotlarga egamiz – kamchiligi va ustun tomonlarini o'rganib chiqyapmiz. Bizni ajoyib o'yin kutib turibdi", – dedi Rahmatullaev. 

Mali – O'zbekiston uchrashuvi 10 noyabr kuni 14:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia