Joau Feliks: "Ronaldu bilan bir klubda o'ynashni xohlar edim"

Alisher
17 dek 2019
"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks "Yuventus"dagi vatandoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

- Krishtianu menga doim mehribonlik qiladi va o'yinimdan rohatlanadi. Men bolalik paytimda uning o'yinini televizor qarshisidan kuzatar edim. U mening kumirim.

Kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi, lekin men u bilan bir kun kelib bitta klubda o'ynashni xohlar edim, - deydi Feliks.

Eslatib o'tamiz, Joau Feliks va Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida birga o'ynashadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia