

"Teo Ernandesning ishtiroki? U "qo'l tormozi" bilan o'ynadi. Chunki uning qanoti hujum qismida Kilian Mbappe bor edi. Shu sababli uning hujumga chiqishi, uzatmalar oshirishini ko'rmadik. Baliqni boshqalar ilishi kerak edi. "Milan"da esa bu joyda faqatgina o'zi bo'lardi. Mundialda Teoning hujum xususiyatlari yopilib qoldi", - dedi Kapello.
Eslatib o'tamiz, ushbu mundialda Mbappe 8 gol urgan holda to'purar bo'ldi. Fransiya termasining o'zi vice-chempionlikni qo'lga kiritdi.



