Kilian Mbappe PSJdagi kelajagi haqida bir qarorga keldi

Khoja
16 yanv 2024
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya klubidagi kelajagi haqida bir qarorga keldi.

Jurnalist Abdella Bulmaning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, forvard PSJ bilan shartnomasini uzaytirmaydi va yozda klubni tark etadi.

Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 26 ta gol va 4 ta golli uzatma bor. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com