KPR hujumchisi Charli Ostin jiddiy jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2015
Premer-Liganing xavfli zonasida borayotgan "Kuinz Park Reyndjers" o'zining asosiy to'purari Charli Ostinni noma'lum muddatga yo'qotdi.
Xarri Rednapp klubni tark etgach KPRni omadsizlik qamrab olgandek. Shanba kuni KPR o'z maydonida "Sautgempton"ga yutqazdi.

Bu o'yinda KPR himoyachisi Richard Dann va hujumchi Charli Ostin jarohat olishdi. Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, ikkala futbolchi "Loftus Road"ni qo'ltiqtayoqda tark etishdi.

Yaqin orada shifokorlar futbolchilar qancha muddatga safdan chiqishganini aniqlashadi. Biroq Richard va Charli uzoq muddatga safdan chiqishgani deyarli aniq. Ostinning oyoq suyagi singan bo'lishi mumkin.

Agar shunday bo'lsa bu KPR uchun haqiqiy fojia bo'ladi. Bu mavsumda Charli 13ta gol urdi, KPR hisobida esa 24ta gol bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru