Lamin Yamal yana bir muvaffaqiyatga erishdi

Sherzod Nurmatov
20 may 2024
La Liganing 37-turidan o'rin olgan "Barselona" – "Rayo Valekano" uchrashuvi kataloniyaliklar va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal uchun 50-si bo'ldi.

Shu tariqa u "ko'k-anorranglilar"ning butun tarixida bu ko'rsatkichga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh-u 311 kunlik).

Yamal "Barselona" safida 50 ta rasmiy o'yinda 7 ta gol va 10 ta golli pas uzatdi.

Oldinroq vinger 2024 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun nomzod bo'lgani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta