"Lids" futbolchisi "Bavariya"ga o'tmaydi

Mirjalol Normatov
26 dek 2021
"Bild jurnalisti Kristian Falk "Bavariya"ning "Lids" xavbeki Rafinyaning xizmatlariga qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumot berdi.

Oldinroq "Bavariya" futbolchini 50 million funt evaziga sotib olishga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

"Ha, "Bavariya"ning ushbu braziliyalikka qiziqayotganligini eshitdim. Biroq klub qishda hech kim bilan shartnoma imzolamoqchi emas", - dedi Falk.

Ushbu mavsumda Rafinya 16 o'yinda 8 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild