"Lids" Rafinyaning transferi borasida "Bavariya"dan taklif olmadi

Alisher
29 dek 2021
"Lids" "Bavariya"dan yarim himoyachi Rafinya Diasning transferi bo'yicha taklif olmadi.

TNT Sports 25 yoshli braziliyalik futbolchining qishki transfer oynasida 50 mln evro evaziga Myunxen klubiga o'tishini xabar qilgandi.

Ammo, The Athletic klublar o'rtasida muzokaralar bo'lmaganini qayd etdi. "Lids" yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Rafinya joriy mavsum ingliz jamoasi tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic