"Liverpul" Salohga taklif bilan chiqmoqchi

Tolibjon Qosimov
20 yanv 2014
"Bazel" hujumchisi Muhammad Saloh hamon "Liverpul" qiziqishlari doirasida turibdi.
Mersisaydliklar ustozi Brendan Rodjers klub rahbariyatidan futbolchini sotib olishga ruxsat oldi. "Qizillar" 21 yoshli misrlik futbolchiga 8 million funt taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

"Bazel" esa Salohni kamida 12 million funtga sotmoqchi.

U Shveytsariya chempionatining 18ta o'yinida 4ta gol urgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru