Lui van Gal: Nimaga hech kim Mourinyoni tanqid qilmayapti?

Narzulla Saydullayev
12 dek 2017
MYU sobiq ustozi Lui van Gal Joze Mourinyo qo'l ostida jamoa himoyaviy o'yin ko'rsatayotganini ma'lum qildi.

Mening qo'l ostida jamoa yaxshi o'ynardi. Ammo bu uslubni Angliyada yomon ko'rishadi. Biroq negadir hozir hech kim Mourinyoni tanqid qilmayapti, uning jamoasi men ishlagan davrdan ko'ra zerikarli o'yin ko'rsatmoqda.

Men murabbiy bo'lganimda hujumkor o'ynardik. Barcha raqiblar o'z darvozasi oldiga "avtobus" qo'yib olardi.

Endi bunga hojat yo'q, sababi Mourinyo himoyaviy futbolni tanladi, – deydi van Gal.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com