Lyubinko Drulovich O'zbekiston OTJdan ketdi

Alisher
30 yanv 2020
O'FA O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bilan hamkorlikni davom ettirmaydigan bo'ldi.

"O'FA bilan tuzgan shartnomam ertaga rasman yakuniga etadi. Biz hamkorlikni davom ettirmaydigan bo'ldik", - deydi mutaxassis.

Takidlash kerakki, ayni paytda O'FAda U-23 Osiyo Chempionati yakuniga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Eslatib o'tamiz, serbiyalik murabbiy OTJni o'tgan yili qabul qilib olgandi. Drulovich qo'l ostida olimpiyachilarimiz U-23 Osiyo chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan holda, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia