"Malaga" top-7 liga orasida quyi ligaga tushgan ilk jamoa bo'ldi

"Malaga" Ispaniya La Ligasining 33-turida "Levante"ga mag'lub bo'ldi (0:1) va Segundaga yo'l oldi.

Andalusiya jamoasi chempionat tugashiga 5 tur qolganida quyi ligaga tushib ketdi. "Malaga" 17 ochkoga ega va 18-o'rindan yuqoriga ko'tarila olmaydi. Jamoa La ligada ketma-ket 10-mavsumni o'tkazdi va 2012 yilda eng yuqori o'zi uchun 4-o'rinni olgandi. "Malaga" Yevropaning top-7 ligalari orasida quyiga tushgan birinchi jamoa bo'ldi. Tez orada "Benevento" (A Ceriya) va SKA-Xabarovsk (RFPL) klublarining taqdiri hal bo'ladi.


Manba: Sports.ru