Manba: O'zbekiston MTJ yangi bosh murabbiyi masalasi tez orada hal bo'ladi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2025
Bu haqda jurnalist Jaloliddin Qobiljonov xabar berdi.

"O'zbekiston terma jamoasi yangi bosh murabbiy masalasi 27 avgust kuni hal bo'lishi mumkin. Paulu Bentu vakillari yakuniy muzokaralarni o'tkazish uchun Toshkentga kelishi kutilmoqda", – deyiladi xabarda.

Avvalroq Championat.asia sayti "Eshitdik-da" rukni ostida Portugaliya terma jamoasi sobiq ustozi O'zbekiston MTJda ish boshlashi mumkinligini ma'lum qilgan edi. Demak, milliy jamoa boshqaruviga oid jarayon yaqin vaqtlarda echimini topadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qobiljonovuz