"Manchester Siti" Florian Virc bilan muzokaralarni boshladi

Administrator
11 mar 2025
"Siti" yangi mavsum taraddudini hozirdan boshladi.

"Bayer" klubi yarim himoyachisi Florian Virc va "Manchester Siti" klubi muzokaralar o'tkazmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi. 

Manbaning ma'lum qilishicha, ayni damda "shaharliklar" Virc uchun kurashga qo'shilishgan. Yarim himoyachiga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi, "Siti" esa myunxenliklar bilan kurashga tayyor. Ushbu mavsum unchalik ham omadi yurishmayotgan "Manchester Siti" yangi mavsumda tarkibda jiddiy kuchaytirishlarni amalga oshirmoqchi. Virc aynan shu maqsadda tashlangan qadam bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Virc ushbu mavsum barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushdi hamda 15 ta gol va 13 ta assist qayd etdi. 


AdministratorMuallif
Manba: Football Insider