"Manchester Yunayted" 37 million evrolik transferni amalga oshirmoqda

Alisher
28 yanv 2025
"Manchester Yunayted" "Lechche" himoyachisi Patrik Dorgu bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, italyan klubi 20 yoshli daniyalikni 36-37 million evro evaziga sotishga rozi bo'ldi. O'yinchining agenti mankunianlar bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Futbolchi "Lechche" safida 57ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali Dorguni 20 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano