"Manchester Yunayted" "Borussiya" futbolchisini nishonga oldi

Alisher
8 dek 2024
"Manchester Yunayted" "Borussiya" (Dortmund) xavbeki Feliks Nmechani xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Dortmund klubi futbolchini kamida 40-45 mln evroga sotishga tayyor. Futbolchini "Nyukasl", "Aston Villa" va APLning bir qator boshqa klublari kuzatmoqda. Nemisning "arilar" bilan mehnat kelishuvi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Nmecha joriy mavsum "Borussiya" safida 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: CaughtOffside