"Manchester Yunayted" de Xea bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
15 noya 2021
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa darvozaboni David de Xea bilan shartnomani uzaytirishga tayyorlanmoqda.

"Fichajes" xabariga ko'ra, murabbiylar shtabi va rahbariyat uning o'yinidan qoniqish hosil qilmoqda. Shu sababli ular 2023 yilga qadar davom etadigan shartnomani uzaytirish niyatida. Ayni damda kiper yiliga 21 million evro maosh olmoqda.

Ushbu mavsumda 31 yoshli David "Manchester Yunayted" tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 24 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fichajes