“Manchester Yunayted”ga italiyalik yarim himoyachi kerak

Klub skautlari ayni damda “Breshia” futbolchisini jiddiy kuzatib bormoqda.

Sandro Tonali “qizil iblislar” nazariga tushdi. Takidlanishicha, klub skautlari futbolchining harakatlarini kuzatish uchun “Breshia” ishtirokidagi ikkita o'yinni guvohi bo'lgan. Jumladan, jamoaning “Milan” hamda “Bolonya”ga qarshi o'yinlarini stadiondan kuzatishgan. Tonali ayni damda 19 yoshda. Italiyada uni yangi Pirlo deb tariflashmoqda.


Manba: Football Italia