Marlen Chobanov "Turon" futbolchisiga aylandi

Alisher
18 yanv 2022
"Turon" murabbiylar shtabi ko'rigida bo'lib turgan markaziy himoyachi Marlen Chobanov bilan bugun rasman shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Chobanov bugunga qadar Kievning "Obolon" klubi yoshlar jamoasi (2019-2020)da va Toshkentning "Paxtakor" klubi (2020-2021)da o'ynagan. Shuningdek, u O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. 

"Turon" futbol klubi Marlen Chobanovga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi. Jamoamizga xush kelibsan, Marlen!", - deyiladi klub xabarida.

Bunga qadar himoyachining yaypanliklar safiga o'tishi haqida "Eshitdik-da!" rukni orqali ma'lumot bergan edik.

Eshitdik-da! "Paxtakor"ning ikki himoyachisi "Turon"ga o'tmoqda 


AlisherMuallif
Manba: fcturon.uz