“Nasaf” OCHLda o'ynaydi(mi)?

admin
14 apr 2026
OFK Osiyo Chempionlar Ligasi formatini o'zgartiryapti.

Tabiiyki, bu O'zbekiston kvotalarini o'zgartiradi. Aniqlashimizcha Elit OCHLdagi bir dona o'rnimiz saqlangan holda yana bitta pley off uchun yo'llanma beriladi.

“Neftchi” O'zbekiston chempioni sifatida Elit OCHLda qatnashadi. Kubok sohibi “Paxtakor” pley-offda o'ynaydi. Agar jamoa pley-offdan o'ta olmasa OCHL 2 guruh o'yinlarida qatnashadi.

Hozirgi holatda “Nasaf” to'g'ridan-to'g'ri OCHL 2 yo'llanmasini qo'lga kirityapti.

Shu tariqa, qaror OFK Ijroiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlansa, shu yilgi mavsumning o'zida Superliganing 3 ta jamoasi OCHLda yurtimiz sharafini himoya qiladi.


adminMuallif
Manba: 90minutuz