Mart oxirigacha MYU darvozasini Xenderson qo'riqlaydi, De Xea esa ...

Eldor Akmurzayev
4 mar 2021
“Manchester Yunayted” murabbiylar shtabi zaxira kiperi Din Xendersonga mart oyining oxirigacha jamoa darvozasini qo'riqlashi bo'yicha ko'rsatma berdi, deya xabar beradi Manchester Evening News.

Chorshanba kun Xenderson “Kristal Pelas” qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgandi. David de Xea esa shaxsiy sabablar tufayli qaydnomadan joy olmadi. Aftidan, ispaniyalik keyingi o'yinlarda jamoasiga yordam berolmaydi.

24 yoshli Din Xenderson joriy mavsum “qizil iblislar” safida 14 o'yinda qatnashib, 9 ta gol o'tkazib yubordi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Manchester Evening News