Messi va Neymar "Strasbur" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
14 avg 2021
Kutilganidek, argentinalik hujumchi Lionel Messining PSJdagi debyuti kechikadi.

34 yoshli forvard Liga 1 doirasidagi "Strasbur"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kirmadi.

Qayd etish kerakki, Maurisio Pochettino bo'lajak o'yinda Janluiji Donnarumma, Anxel di Mariya, Marko Verratti, Markinos, Neymar va Leandro Paredesning xizmatlariga foydalana olmaydi.

PSJ - "Strasbur" o'yini bugun Parijda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: psg.fr