"Milan" "Real" himoyachisini sotib olish ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
1 apr 2024
"Rossoneri" Aleks Ximenesni o'zida saqlab qolmoqchi.

Italiyaning "Milan" klubi Ispaniyaning "Real" jamoasi himoyachisi Aleks Ximenesni sotib olish ustida ishlamoqda, deya xabar berdi Nikolo Skira.



Xabar qilinishicha, "rossoneri" 18 yoshli ispaniyalikni 5 million evroga sotib olish variantini faollashtirishga tayyor. Ximenes bilan tuzilgan shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan va u sotib olish huquqini ham o'z ichiga oladi.

Aleks Ximenes joriy mavsum jarohati tufayli "Milan" safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira