Mino Rayola "Yuventus" uning mijozini ijaraga berishini xohlamoqda
Tolibjon Qosimov
5 avg 2017
Futbol agenti Mino Rayola o'zining "Yuventus"dagi mijozi Moyze Kin boshqa jamoaga ijaraga kyetishini xohlamoqda.
Sababi, Kinga o'yin amaliyoti kerak. Rayola turinliklar rahbariyati bilan uchrashdi va bu masalani muhokama qildi. O'yinchining xizmatlariga "Bolonya", "Verona" va "Krotone" qiziqish bildirmoqda.