Moratti Interning 70 foiz akciyasini Toxirga sotishga rozi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013
Inter prezidenti Massimo Moratti indoneziyalik biznesmen Erik Toxirga klubning 70 foiz akciyasini sotishga rozi bo'ldi.
Sky Sport Italia, SportMediaset, Corriere dello Sport va ANSA nashrlarining xabariga ko'ra, bugun Parijda bo'lib o'tgan uchrashuvda ikkala tomon kelishuvga erishgan.

Bu haqdagi rasman keyingi hafta e'lon qilinadi, unga qadar Moratti va Toxirning yuristlari kerakli hujjatlarni Parijda imzolashadi.

Eslatib o'tamiz, Moratti Inter klubiga 18 yil egalik qildi. Bu davr mobaynida klub 16ta sovringa ega chiqdi: Chempionlar ligasi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, UEFA kubogi, 5ta skudetto, 4ta Italiya kubogi va 4ta Italiya Superkubogi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru