Moyes: "MYUda ko'proq ishlashga loyiq edim"

Mirjalol Normatov
27 noya 2018
"Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Devid Moyes "qizil iblislar"dagi faoliyatini esladi.

"MYUda ko'proq ishlashga loyiqmidim? Albatta!

Ser Aleksning o'rniga borib, buyuk jamoada 10 oy ishlash juda ham kam... "Yunayted"da evolyuciya bo'lishi kerak, revolyuciya emas.

Ser Aleks davridan menga qolgan narsalarni o'zgartirmoqchi emasdim. Biroq o'sha paytlarda ayrim jihatlar bunga to'sqinlik qildi.

"Manchester Siti" va "Chelsi" qanday ishlayotganiga qarang. Ulardagi o'zgarishlar o'z mevasini bermoqda. O'tgan mavsumda MYU g'alabalarga erisha olgandi. Biroq bu safar unday emas.

Biroq nimalardir o'zgarganida har doim yo'lga tushib olish uchun vaqt berish kerak. Hozir ham men MYUda eng og'ir paytda ishlaganman deb hisoblayman", - dedi Moyes.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports