Musiala jarohatdan tiklanish jarayoni haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2025
"Bavariya" xavbeki Jamol Musiala jarohatdan forig' bo'lishi haqida fikr bildirdi.

22 yoshli germaniyalik yarim himoyachini qaytishga shoshilmayapti. Shuningdek, u qaytishi uchun aniq bir sanani belgilab olmoqchi emas.

"Jarayon rivojlanish bosqichini inobatga olgan holda, aytmoqchimanki, 2025 yilda "Bavariya" uchun raqobatbardosh o'yinlarda o'ynashni istardim. Endi bu maqsad tobora amalga oshishi mumkindek ko'rinmoqda", – dedi Musiala.

Musiala hali joriy kampaniyada o'ynamagan. 25 o'yin, 12 ta gol va 2 ta golli uzatma - bu uning Bundesliga o'tgan mavsumidagi statistikasi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Abendzeitung