Muxtor Qurbonov: “Jamoamga barqarorlik yetishmayapti"

Narzulla Saydullayev
30 okt 2015
"Lokomotiv" - "Sho'rtan" (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Muxtor Qurbonov qatnashdi.

Avvalo “Lokomotiv”ni ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Raqib bugun bizdan ustun ekanini namoyish eta oldi. O'yinimiz o'xshamadi. Mavsum boshida  o'ntalikka kirishni maqsad qilgandik. Ammo so'nggi uchrashuvlarni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapmiz. Jamoamga barqarorlik yetishmayapti. Bugun futbolchilarim birinchi gol o'tkazib yuborgach o'ynashni to'xtatib qo'yishdi.

Tojiboev jarohat olgani uchun tanaffusda uni almashtirdik. Shifokorlarimiz u tizzasidan jarohat olganini aytishdi.

Natija yomonligi moliyaviy muammolarga ham bog'liq bo'lishi mumkin. Bizda kichik moliyaviy muammolar bor. Shu jihat ham futbolchilarning ruhiyatiga ta’sir etgan ko'rinadi, - deydi Qurbonov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia