MYU Valensiya bilan shartnomani uzaytirmaydi

"Manchester Yunayted" sardori Antonio Valensiya klubni tark etadi.

MYU 33 yoshli ekvadorlik bilan shartnomani uzaytirish bandini faollashtirmaslikka qaror qildi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher matbuot anjumanida xabar berdi. 

Valensiya bilan amaldagi shartnoma 2019 yil yozida yakuniga qadar mo'ljallangan. U jamoani yozda tark etadi. Antonio mankunianliklar safida 2009 yildan beri harakat qilib kelmoqda va "qizil iblislar" uchun 300 ta uchrashuv o'tkazgan yevropalik bo'lmagan birinchi futbolchi sanaladi.  


Manba: Sky Sports