Myuller Rummeniggeni ortda qoldirib, to'purarlar ro'yxatida 3-o'ringa ko'tarilib oldi

Aziz Tukhtamuradov
25 sen 2021
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller Bundesliga doirasida "Groyter"ga qarshi bahsda gol urdi.

Bu 32 yoshli germaniyalik futbolchi uchun myunxenliklar tarkibidagi 218-gol bo'ldi. 

Shu tariqa, Myuller "Bavariya"ning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Karl-Xaync Rummeniggeni ortda qoldirib, uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

"Bavariya" safida Robert Levandovski (305 ta gol) va Gerd Myuller (523 ta gol) eng ko'p gol urgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru