"Napoli" futbolchisi klubdan ketmoqchi

Alisher
22 iyun 2020
"Napoli" himoyachisi Elseid Xyusay yozgi transferlar oynasida klubdan kyetishi mumkin.

26 yoshli o'yinchi jamoadagi hozirgi holatidan norozi va Neapoldan kyetishni xohlamoqda.

Albaniyalik futbolchi asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va raqobatda Jovanni Di Lorencoga imkoniyatni boy berdi.

Xyusay 2015 yildan beri "Napoli" sharafini himoya qiladi, u klubga "Empoli"dan 5 million evro evaziga o'tgandi.

Futbolchi joriy mavsum "Napoli" libosida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport