"Nasaf" 19, "Lokomotiv" va "Bunyodkor" 20 iyunda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2015
Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan 3ta o'yinning o'tkazilish kuni o'zgardi.
Nasaf - Dinamo o'yini 20 emas, 19 iyunda bo'lib o'tadi. Bu jamoalarning yoshlari 18 iyunda to'qnash kelishadi.

Andijon - Bunyodkor  - uchrashuvi 19dan 20 iyunga ko'chirildi. Bu jamoalarning yoshlari 19 iyunda to'qnash kelishadi.

Sho'rtan - Lokomotiv - bahsi 19dan 20 iyunga ko'chirildi. Bu jamoalarning yoshlari 19 iyunda to'qnash kelishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz