"Navbahor" futbolchisi Belarusga yo'l olmoqda

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2025
"Navbahor" hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettirishi mumkin.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, 21 yoshli hujumchi Belarusning "Slaviya-Mozir" jamoasida ko'rikdan o'tadi.

Ma'lumot o'rnida, Xoldorxonov joriy mavsum "lochinlar" tarkibida 9 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

Transfermart portali uni 200 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia