Nihoyat, MYU Ten Hag o'rniga murabbiy qidira boshladi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2024
Erik ten Hagning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi so'roq ostida.

"TEAMtalk" manbalariga ko'ra, klub rahbariyati shu yozda niderlandiyalik murabbiy bilan shartnomani uzaytirganiga qaramay, potencial yangi nomzodlarni faol ravishda o'rganmoqda.

Yangi mavsum starti "qizil iblislar" uchun omadsiz chiqdi: Premer-liganing oltita uchrashuvida atigi etti ochko va turnir jadvalida 12-o'rin. Yaqinda Yevropa Ligasida autsayder "Tvente" bilan 1:1 hisobidagi durang va "Tottenxem"dan 0:3 hisobida uchralgan mag'lubiyat muxlislarning noroziligi va ten Hagning murabbiylik qobiliyatiga shubhalarni kuchaytirdi.

Qizig'i shundaki, ten Hagning shartnomasini uzaytirish yaxshi variantlar yo'qligi sababli sodir bo'lgandi. Tomas Tuxel va Maurisio Pochettino kabi taniqli mutaxassislar bilan muzokaralar natija bermadi va klub rahbariyati nidyerdandiyalik murabbiy  bilan hamkorlikni davom ettirishga majbur bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk