Nikita Ribkin "Buxoro" yig'iniga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2018
Buxoro jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida selekciya ishlarini bir zumga ham to'xtatayotgani yo'q.

Jamoa lageriga bugun Nikita Ribkin kelib qo'shildi. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, ushbu darvozabon so'nggi yillarni Qo'qon-1912 jamoasida o'tkazib kelayotgandi. Ribkin bugun Buxoro mashg'ulotlarida ishtirok etdi.

Darvoqe, futbolchilar bilan shartnoma imzolash jarayoni davom etmoqda. O'tgan yili Dinamoda o'ynagan Sardor Sulaymonov bilan klub o'rtasida bitim imzolandi. Shu tariqa iqtidorli hujumchi joriy yilgi chempionatni Buxoro tarkibida o'tkazadigan bo'ldi. Bundan tashqari o'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan, Bobur Omonov, Tohir Shamshitdinov, Sanat Shixov, Nozim Umurov hamda Rabbimjon Hasanov bilan o'rtadagi kelishuv yana bir yilga uzaytirildi.

Shuningdek, murabbiylar shtabi buxorolik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib qolgan Vladimir Baenkoni ortga qaytarish maqsadida ayni damda muzokara olib bormoqda.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати