Nunu Santu: “Jamoam yutqazganda ham ular bilan faxrlangan bo'lar edim”

“Bo'rilar” ustozi “Manchester Siti” ustidan qozonilgan (3:2) g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Jamoam yutqazganda ham ular bilan faxrlangan bo'lar edim. Natijadan qati nazar futbolchilarimdan faxrlanishim kerak. Xohlaganimizdek yaxshi o'ynadik. Keng hudud bo'ylab, to'pni bir-birimizga yaxshi uzatib harakat qildik. Edersonning chetlatilishi sabab bizda to'pga egalik qilishda ustunlik paydo bo'ldi. Biz esa buni kutmagandik, ammo to'g'ri echim topa oldik”, - deydi Nunu Santu.


Manba: BBC Sport