OCHL-2017 guruh bosqichiga 13 dekabr kuni qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
21 noya 2016
Dekabr oyida OFK Chempionlar ligasi va OFK kubogining yangi mavsumiga qur'a tashlanadi.

13-14 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OFKning maxsus seminari bo'lib o'tadi. Unda OCHL va OFK kubogiga yo'llanma olgan klub vakillari ishtirok etishadi.

13 dekabr kuni 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi ham bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, keyingi mavsumda Osiyo chempionlar ligasida O'zbekistondan "Lokomotiv", "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari ishtirok etishadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia