OCHL-2017. Qur'a jarayoni 13 dekabr kuni soat 13:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2016
Xabaringiz bor, 13 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2017 yilgi OCHL va OFK kubogi musobaqa guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

Tadbir Kuala-Lumpur shahridagi "Petaling Jaya Hilton Hotel" mehmonxonasida bo'lib o'tadi.

13 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:30da (Toshkentda 11:30 bo'ladi) OFK kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

Malayziya vaqti bilan soat 16:00da (Toshkentda 13:00 bo'ladi) Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia