O'FA Tohir Kapadzeni nafaqaga kuzatib qo'ydi

Tolibjon Qosimov
11 may 2018
Bugun O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasida Farg'ona futboli rivojiga uzoq yillar davomida katta hissa qo'shib kelgan, Farg'ona viloyati futbol Assotsiatsiyasi vice-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Tohir Kapadzeni nafaqaga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

O'FA rahbariyati Tohir Veysalovich Kapadzega futbol sohasidagi uzoq yillik samarali faoliyati va fidoiy mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma taqdim etdi.

Shuningdek, milliy ananalarimizga muvofiq Tohir Kapadzega zarbof to'n kiydirildi. Bundan tashqari, O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.

O'z o'rnida Tohir Kapadze ko'rsatilgan e'tibor uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirar ekan, endi davr yoshlarniki ekanini, yosh mutaxassislarga futbol rivoji yo'lida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari davomida maslahatgo'y bo'lishga tayyorligini ma'lum qildi.



O'FA rahbariyati Tohir Kapadzening keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi!


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com