OFK Yoshlar kengashi a'zolari O'FAda bo'ldi

Sherzod Nurmatov
25 yanv 2023
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida Osiyo futbol konfederatsiyasi Yoshlar kengashi a'zolari Seed Mirshad Majedi va Bassem Muhammad bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mutaxassislar Osiyo futbol konfederatsiyasi Elita yoshlar futboli reglamentining uch yulduzli elita yoshlar sxemasiga to'liq a'zolik uchun O'FA tomonidan topshirilgan arizani baholash maqsadida yurtimizga tashrif buyurishdi.

OFK vakillari O'zbekistonning bolalar, o'smirlar va yoshlar futboli bilan yaqindan tanishish va futbol akademiyalar faoliyatini o'rganishni boshlashdi. 27 yanvarga qadar davom etadigan o'rganishlardan so'ng futbol akademiyalari, professional futbol klublari qoshidagi akademiyalar yuzasidan xulosalar taqdim etiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати