Oliver Kan "Bordo" egasiga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan "Bordo"ni sotib olmoqchi.

Manbaga ko'ra, "Marsel" sobiq prezidenti Jak-Anri Eyro dekabr oyida francuz klubi xo'jayini Jerar Lopesga ehtimoliy xarid shartlari haqida dastlabki ma'lumotni so'ragan. Tadbirkor va investor Kan nomidan murojaat bilan chiqqan.

"Bordo" Fransiya chempionatining to'rtinchi divizionida qatnashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sudouest.fr