Osiyo xabari. Del Pero ikkita golli to'p uzatdi

Narzulla Saydullayev
14 apr 2014
"Yuventus”ning afsonaviy o'yinchilaridan biri Alessandro Del Pero ayni paytda faoliyatini Avstraliya A-ligasida davom ettirmoqda.
“Sidney FK” sharafini himoya qilayotgan Del Pero A-liganing navbatdagi turida ikkita golli to'p uzatib, jamoasining g'alaba qozonishida munosib hissa qo'shdi. “Pert Glori” bilan kechgan bahsda “Sidney FK” 2:1 hisobida zafar quchdi.

Del Pero tomonidan uzatilgan to'plarni Terri Antonis va Richard Garsia golga aylantirdi. Ayni paytda italiyalik futbolchi to'p surayotgan jamoa Avstraliya chempionatida 39 ochko bilan 10ta jamoa orasida beshinchi o'rinda boryapti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia