Otabek Shukurov BAA Superkubogi sohibi

Eldor Akmurzayev
15 sen 2019
BAA Superkubogi uchun bahsda Dubayning Al-Ahli klubi Al-Sharja bilan to'qnash keldi.

O'yinning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. Futbol lotereyasida esa Otabek Shukurov harakat qilayotgan Al-Sharja zafar (4:3 hisobida) quchib, o'z tarixida 3 marotaba ushbu titulni qo'lga kiritdi. 

Bahsni boshlang'ich tarkibda boshlagan Shukurov esa penaltilar seriyasida ham qatnashib, 11 metrlik nuqtadan zarba berishda adashmadi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia