Ouen: "Siti" chempionlik titulini shunchaki berib qo'ymaydi"

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023
"Liverpul" sobiq hujumchisi Maykl Ouen "Manchester Siti"ning Angliya chempionati 19-turi doirasidagi "Everton" ustidan qozongan g'alabasi (3:1) haqida fikr bildirdi.

"Hamma uchun katta xavf tug'diradigan haqiqiy jamoa – bu "Manchester Siti". Hamma "Siti"ning ochko yo'qotishini ko'rishni xohlaydi. Bu chempionlik poygasida muhim lahza bo'lardi, ayniqsa, avval "Everton" hisobda oldinda borgan paytda. "Siti", shubhasiz, tituldan oson voz kechmaydi", – dedi Ouen.

"Manchester Siti" 37 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. "Everton" esa 16 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC