O'zbekiston Kubogi finalida jamoalar qanday rangdagi liboslarda o'ynashi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
19 sen 2024
O'zPFL matbuot xizmati O'zbekiston Kubogi borasida bir qancha ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekiston kubogi, Superkubogi va o'tish o'yinlari reglamentining 5.1-bandida kubok musobaqasining ½ finalida g'olib chiqqan ikki jamoa orasidan o'tgan mavsum Superligadagi ishtiroki nisbatan yaxshiroq bo'lgani avtomatik ravishda final uchrashuvining nominal mezboniga aylanishi qayd etilgan. 

Shundan kelib chiqqan holda Liga final o'yini uchun chiptalar, afishalar, anons va posterlarda Navbahor klubini mezbon sifatida aks ettiradi. Final neytral maydonda tashkil etilayotganini inobatga olgan holda, unda jamoalar harakat qiladigan liboslar rangi Liga tomonidan belgilab olindi. 5-oktyabr kuni Navbahor klubi o'zining to'liq ko'k rangdagi, Andijon esa to'liq qizil rangdagi liboslarida maydonga tushadi", - deyiladi bayonotda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати