O'zbekiston MTJ 9 yildan so'ng ushbu natijaga erishdi

Khoja
20 noya 2025
Kecha FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi.

Reytingga ko'ra O'zbekiston MTJ 5 ta pog'onaga ko'tarilib, hozirda 50-o'rindan joy oldi. FIFA matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, O'zbekiston MTJ so'nggi bor 9 yil avval TOP-50 dan joy olgan. 

Eslatib o'tamiz, yangi reytingga ko'ra O'zbekiston Qatarni quvib o'tib, Osiyoning beshinchi jamoasiga aylandi. Bizdan tepada  Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Avstraliya bor. 

Ma'lumot uchun, so'nggi bor O'zbekiston MTJ FIFAning TOP-50 reytingiga 2016 yilning oktyabrida kirgandi.


KhojaMuallif
Manba: FIFA.com